Manzura - Xiyonat (Yo teskari zamon bo'ldimi)

Manzura

Yo teskari zamon bo’ldimi

Sevarmi-ey yigit yo’liga, kuylamasmi bulbul guliga,
Sotildimi qizlar hayosi bu yolg’onchi dunyo duriga?
Odam qadri arzon bo’ldimi yoki sevgi tamom o’ldimi,
Labzi halol yigitlar qayda yo teskari zamon bo’ldimi?

Notinch yurak yonaverar hanuz,
Javob izlab qolaverar, afsus, shu savolga.
Tokay taqdir, peshona bu deymiz?
Toki baribir ishonaymi deymiz,
Yorug’ dunyoda bu xom xayolga.

Oshiqlarning bugun baxtidan ustun bo’ldi mol-u dunyolar,
Kechaversa muhabbatidan, qachon tugar eh bu savdolar?
Inson ko’zin yumib ketdimi, xiyonatga ko’nib ketdimi,
Har oshiqni shunchalar oson shayton yo’ldan urib ketdimi?

Notinch yurak yonaverar hanuz,
Javob izlab qolaverar, afsus, shu savolga.
Tokay taqdir, peshona bu deymiz?
Toki baribir ishonaymi deymiz,
Yorug’ dunyoda bu xom xayolga.

Aytarlar oshiqlar yolg’onchi qo’shiqlar,
Bu dardga chiday olmasdan falak ham yosh to’kar.

Notinch yurak yonaverar hanuz,
Javob izlab qolaverar, afsus, shu savolga.
Tokay taqdir, peshona bu deymiz?
Toki baribir ishonaymi deymiz,
Yorug’ dunyoda bu xom xayolga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo teskari zamon bo’ldimi
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 9, 2016