Yog’ayotgan yomg’irmi, qormi,
Qor ostida qolgan bahormi?
Sensiz dunyo shuncha tormi?
Azobda qoldi-ku yuragim.

Shamday yonib, shamdan o’chdimmu,
Sarvinozim, sendan kechdimmu?
Endi senga men ham hech kimman,
O sevgilim.

Azizam, azizam, sensiz yashay olmasam,
Yoningga bora olmasam, dardim ayta olmasam.
Azizam, azizam, mehrim bera olmasam,
Baxtli qila olmasam, armonimsan azizam.

Yog’ayotgan yomg’irmi, qormi,
Bir jonimga shuncha ozormi?
Bu dunyoda sevgi bormi?
Armonlarga to’ldi yuragim.

Bu yerlarda netarman endi?
Sahrolarga ketarman endi.
Seni kuylab o’tarman endi,
O sevgilim.

Azizam, azizam, sensiz yashay olmasam,
Yoningga bora olmasam, dardim ayta olmasam.
Azizam, azizam, mehrim bera olmasam,
Baxtli qila olmasam, armonimsan azizam. (x2)
Azizam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Azizam
Xonanda:
Masrur Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2015