Masrur Usmonov - Gulim ketdi

Masrur Usmonov

Gulim ketdi

Gulim ketdi, gulim ketdi,
Qo`lim yetmas bo`lib yetdi. (x2)
O`n besh kunlik dunyoda
Kim murodga yetdi? (x2)

Qalamdek qoshligim deymu?
Sumbul sochligim deymu? {x2}
Voy, mani o`tga solib qo`yib,
Uning qiynashini deymu? (x2)

Solib ketding firoqlarga,
Bag`rim tilib qiynoqlarda. {x2}
Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas yiroqlarga.

Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas uzoqlarga.
Voy, yetib bo`lmas uzoqlarga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulim ketdi
Xonanda:
Masrur Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016