Gulzorimdagi gulni olding uzib ataylab,
O’zi yakka o’sardi, yagona senga saylab,
Yuragimni olding amallab.

Yuragimda san o’zing, tilagimda san o’zing,
Xayolimda san o’zing, so’raganim ham o’zing,
Sanday go’zal janonni qaydanam ko’rdim o’zim,
Izlaringda toldi-ku ko’zim.

Chiroylisan atirguldan, farishtayu misli hurday, (x2)
Sevib qolganman-da chindan, yuragimda yagonamsan.
Sevib qolganman-da chindan, qandoq qilay armonimsan.

Nechun buncha suyar jonim, nechun buncha kuyar jonim, (x2)
Oh, sanmiding topgan yorim, yuragimning azobisan.
Oh, sanmiding ishongan yorim, hayotimning azobisan.

Gulzorimdagi gulni olding uzib ataylab,
O’zi yakka o’sardi, yagona senga saylab,
Yuragimni olding amallab.

Yuragimni olding amallab…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulzorim
Xonanda:
Masrur Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2015