Masrur Usmonov

Ko’ring

Yelkasiga ortib ro`zg`or tashvishini,
Imi-jimida do`ndirar har ishini,
Dard kelganda {x2} qo`yar tishiga tishini,
Otalarning mehnatin har yo`lda ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring.

Bolam deydi, bo`tam deydi o`qib duo,
Og`a-ini, jo`ram deydi, mehmonnavo,
O`z o`rni bor qancha bo`lsa olam aro,
Ota o`rnin marakayu to`yda ko`ring,
Marakani otasi bor uyda ko`ring.

Ko`ring-ko`ring, ko`ring-ko`ring,
Do`stlar o`ylab ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring. (x2)

Uncha-munchasini yo`lda mot qiladi-ya,
Yaqinlarin ko`nglin doim shod qiladi-ya,
Mahallayu el-yurtini obod qiladi-ya,
Qadrini shu avji to`la kuyda ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring.

Ko`ring-ko`ring, ko`ring-ko`ring,
Do`stlar o`ylab ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring. (x2)

Oilasi uchun doim parvonadir,
Yomon o`yu xayollarga begonadir,
Qilgan ishin ro`y-rosti tan oladir,
Muhabbatin tilda emas, dilda ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring.

Ko`ring-ko`ring, ko`ring-ko`ring,
Do`stlar o`ylab ko`ring,
Barakani otasi bor uyda ko`ring. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ring
Xonanda:
Masrur Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2016