Masrur Usmonov - To'ylar muborak

Masrur Usmonov

To’ylar muborak

To’ylar muborak, ey yori jonim,
To’yona bo’lsin tan birla jonim-ey,
Yoringman-ey. (x2)

Ochgil yuzingni, ko’rgoni keldim-ey,
San birla davron surgoni keldim.
Ko’ngil savolin, ey yori jonim,
Sandin javobin olg’oni keldim-a, yoringman-ey.

Savdoyi zulfing tushdi boshimg’a,
Sandin davosin so’rgoni keldim.
Kuysam-da ming bor hajringda, ey yor,
Ishqingda takror yong’oni keldim-a, yoringman-ey.

To’ylar muborak, ey yori jonim,
To’yona bo’lsin tan birla jonim-ey,
Yoringman-ey. (x2)

Hay, man ko’p sog’indim-ay,
Qo’sha qarib, baxtli bo’linglar-o.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To’ylar muborak
Xonanda:
Masrur Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2015