• Qani endi tuprog`ing-la
    Loylar bo`lib qorishib ketsam.
    Yomg`ir bo`lib, yuzing yuvib,
    Chehrang ila yorishib ketsam.

    Tup qo`ysam-u palak yozib,
    Ildizing-la qovushib ketsam.
    Men Xudodan o`zga hech naf
    So`ramagan bo`lardim, Vatan!

    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen onamning onasisan,
    Ulug`lardan ulug`imsan.
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen otamning otasisan,
    Menga o`tgan g`ururimsan, Vatanim! (x2)

    Qani endi chinor bo`lsam,
    Senga soya berib turgani.
    Ozmi-ko`pmi baxtim edi
    Senga foydam tegib turgani.

    Qatoringdan xato bo`lmay
    Mag`rur qaddim kerib turganim.
    Kesilsamda bir kuningga
    Yarab o`tin bo`lardim, Vatan.

    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen onamning onasisan,
    Ulug`lardan ulug`imsan.
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen otamning otasisan,
    Menga o`tgan g`ururimsan, Vatanim!

    Onajonim onasi – Vatan,
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen onamning onasisan,
    Ulug`lardan ulug`imsan. (Ulug`imsan, Vatanim!)
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sen otamning otasisan,
    Menga o`tgan g`ururimsan, Vatanim!

    Vatan…