Dillar quvonchga to`ladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Ko`zlar quvonchdan kuladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Qaldirg`och samoda qanotin yozar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Maysalar ko`klarga bo`ylarin cho`zar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)

Dehqonlar sog`inib to`rt bo`ldi ko`zi,
Quvonchidan yonar mushtoq ul ko`zi.
Qalblarni bog`lovchi sevgi faslisan,
Sevgimga sabab ham bo`lgan aslisan.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bahor
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017