Kechalar uyqu yo’qdir,
Javobsiz so’roqlarim,
Sen bo’lmasang yonimda.
Oh, buncha shirin ekan
Sevgining firoqlari,
Yolg’iz o’zing xayolimda. (x2)

Oh-oh, o’zimdan ham qizg’onib,
Oh-oh, o’zgalardan tonib,
Umrimda sen deb yondim.

Mendan ham ko’p seni, jonim,
Ayt-chi, kim sevar?
Dunyolarga alishmam aslo
Jonim seni.

Sendan ham ko’p qadrimni,
Ayt-chi, yana kim bilar?
Joningni ber desang,
Jon beray yorim senga.

Necha bor sog’intirsang,
Shuncha ko’p og’rinib men,
Qancha azob chekmadim.
Yillarim fido etib,
Boshimga balo etib,
Yolg’iz seni tanladim.

Oh-oh, o’zimdan ham qizg’onib,
Oh-oh, o’zgalardan tonib,
Umrimda sen deb yondim.

Mendan ham ko’p seni, jonim,
Ayt-chi, kim sevar?
Dunyolarga alishmam aslo
Jonim seni.
Sendan ham ko’p qadrimni,
Ayt-chi, yana kim bilar?
Joningni ber desang,
Jon beray yorim senga. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kim sevar
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 1, 2015