• Mavluda Asalxo'jayeva - Marg'ilonning yo'llari

    Mavluda Asalxo'jayeva

    Marg’ilonning yo’llari

    Marg`ilonlik yigitga ishim tushdi,
    Ko`zlariga bir qarab ishqim tushdi.
    Kelgin desam, kelmaydi, dardim bilmaydi,
    Kelmaydi, u yigitga ishqim tushdi.

    Nima qilay, sevib qoldim,
    Sevgisin ko`zidan sezib qoldim.
    Boray desam, orim bordir,
    Shunday sarson kunimdan bezib qoldim.

    Marg`ilonning yo`llari uzoq ekan, uzoq ekan,
    Bir yigitning boqishi tuzoq ekan, tuzoq ekan.
    Marg`ilonning yo`llari uzoq ekan, uzoq ekan,
    Bir yigitning boqishi tuzoq ekan, tuzoq ekan.

    Turishlari bormikan u yigitning,
    Kulishlari bormikan u yigitning.
    O`sha kunlar kelib, bahor yana kelib,
    Kelishlari bormikan u yigitning?