Sog’inar-og’rinar,
Bormi gul ruxsati bog’ingda, jonim?
Og’rinar-sog’inar, yuragim-yuragim,
Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?

Bog’ing bahoriman, olma-anoriman,
Ko’zing humoriman, jonim, azizim.

Ko’rsang bog’ aro ayyori jonim,
Biror bahonada, ey mehribonim,
Nogahon dilingga yetsa gar dodim,
Bilinar obodu gohi barbodim.

Bog’ing bahoriman, olma-anoriman,
Ko’zing humoriman, jonim, azizim. (x2)

Men tanho, sen tanho,
Bizlarsiz bu ko’hna jahon sahro.
Ezmasin tanholik,
Dil buzmasin baloi-judolik.

Toti bedoringman, hasta-bemoringman,
Intizoring etdi mani adolik.
Yuragim-yuragim sog’inar-og’rinar,
Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?

Yuragim, oh, yuragim sog’inar-og’rinar,
Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?

Yuragim-yuragim sog’inar-og’rinar,
Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?
Yuragim, oh, yuragim sog’inar-og’rinar,
Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?

Bormi dil fursati bog’ingda, jonim?
Yuragim-yuragim, yuragim-yuragim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Olma-anor
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 6, 2015