• Insonning joni temir bo`larkan,
    Taqdir zarbiga bir banda ko`narkan.
    Bugun mol-u, dunyo, hamma narsam jam,
    Uyimning to`rida faqat ota-onam kam. {x2}

    Baxtli qilar kim mani otamdek?
    Erkalaydi kim mani onamdek?
    Baxt yarim ularsiz, ularsiz lek,
    Bormi ayting, ayting bir yetim mendek?

    Sog`indim, otajon, tanbehlaringiz,
    Topolmay xunobman, onajon, izingiz.
    Endi maxshargohga qoldimi diydor?
    Yig`lab yoshi o`tgan Mavluda qizingiz.

    Insonning joni temir bo`larkan,
    Taqdir zarbiga bir banda ko`narkan.
    Bugun mol-u, dunyo, hamma narsam jam,
    Uyimning to`rida faqat ota-onam kam.

    Baxtli qilar kim mani otamdek?
    Erkalaydi kim mani onamdek?
    Baxt yarim ularsiz, ularsiz lek,
    Bormi ayting, ayting bir yetim mendek?

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.