Mavluda Asalxo'jayeva - O'zbek davlati qo'shiq matni, lyrics

Mavluda Asalxo'jayeva

O’zbek davlati

Bir kam dunyo butundir bugun,
Yuraklardan yechildi tugun,
Ko`ngillar shod, chehralar gulgun,
Mustaqillik – Alloh ne’mati,
Yasha, yuksal o`zbek davlati!

Qarg`a, zog`lar solmagay soya,
Orzularga yo`qdir nihoya,
Avlodlarga boqiy hikoya,
Sharaflidir inson mehnati,
Yasha, yuksal o`zbek davlati!

Mustaqillik – Alloh ne’mati,
Yasha, yuksal o`zbek davlati!
Farzandlaring qilich-qalqoning,
O`zbekiston – olam jannati. (x2)

Jahon bo`ylab ko`chmoqda shoning,
Muqaddassan, haloldir noning.
Farzandlaring qilich-qalqoning,
Yasha, yuksal o`zbek davlati!

Mustaqillik – Alloh ne’mati,
Yasha, yuksal o`zbek davlati!
Farzandlaring qilich-qalqoning,
O`zbekiston – olam jannati. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbek davlati
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017