• Mavluda Asalxo'jayeva - Qancha jonim desang

    Mavluda Asalxo'jayeva

    Qancha jonim desang

    Qancha jonim desang ham yetmaydi,
    Ko`ngilginam erkalasang to`lmaydi.
    Bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi.

    Ey, bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi.

    Talabim – bir mani yonib sevishingni istayman,
    Yonimda gar bo`lmasang, yer-u ko`kni izlayman.
    Bu sevgi voy mani ado-ado qilib qo`yadi,
    Sevaman deb aldashlaring yuragimni o`yadi.

    Bu sevgi voy mani ado-ado qilib qo`yadi,
    Sevaman deb aldashlaring yuragimni o`yadi.

    Qancha jonim desang ham yetmaydi,
    Ko`ngilginam erkalasang to`lmaydi.
    Bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi.

    Ey, bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi.

    Gulim degin, ko`rolmaganlar alamidan yonsin,
    Dilim degin, hatto Tohir sevgisidan tonsin.
    Seni sevdim degan so`zing mani devona etdi,
    Yuragingning farishtasi xayolim olib ketdi.

    Bu sevgi voy mani ado-ado qilib qo`yadi,
    Sevaman deb aldashlaring yuragimni o`yadi.

    Qancha jonim desang ham yetmaydi,
    Ko`ngilginam erkalasang to`lmaydi.
    Bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi.
    Ey, bugun sani bir bora ko`rmasam,
    Armonlarim yuragimdan ketmaydi. (x1+x1)