Maysara - Sharshara

Maysara

Sharshara

Bag’rim ichida noma’lum bir,
Qanaqadir allambalo.
Alomati muhabbatmi bu
Yoki bir o’tkinchi olov?
Dardi bor-u, darmoni yo’q,
Nomi bor-u, ta’rifi yo’q.

Sharshara, sharshara,
Ko’zyoshlari sharshara.
Sharshara, sharshara,
Voy, bechora Maysara.

Sharshara, sharshara,
Ko’zyoshlari sharshara.
Sharshara, sharshara,
Ta’rifi yo’q.

O’zimga o’zim sir,
Holatim bir qanaqadir boshqacharoq.
Qaysidir odatim yomon,
Yana qay biri sal yaxshiroq.
Jonim bor-u, oromim yo’q,
Sevgim bor-u, ta’rifi yo’q.

Sharshara, sharshara,
Ko’zyoshlari sharshara.
Sharshara, sharshara,
Voy, bechora Maysara.
Sharshara, sharshara,
Ko’zyoshlari sharshara.
Sharshara, sharshara,
Ta’rifi yo’q. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sharshara
Xonanda:
Maysara
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 28, 2015