• [Sitora Farmonova]
    Salom Kuz, men sevgan oltin fasli kuz,
    Ming bor afsus, uchrasholmaymiz yuzma-yuz.
    Men Bahorman, seni sevgan
    Telba bahorman, bahor fasliman,
    Ming yillardan buyon qalbimda bu armonning
    Asiriman, ming yil asiriman.

    Men bahorman, senga yetolmagan,
    Men bahorman, sevgim aytolmagan.
    Qahraton qish ajratar bizlarni,
    Sovuq qorlar izingni qoplagan.

    Gullar ekib, undirdim sen uchun,
    Yomg`ir bo`lib suv quydim kun-u tun.
    Yoz kelib quridi barcha gullar,
    Salomim yetib bormadi, afsus.

    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Yonma-yon emas ekan bahor-kuz.
    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz.

    [Mirjamol]
    Salom Bahor, suyukligim go`zal bahor,
    Betakrorsan, qalbing doimo beg`ubor.
    Bugun quyosh salomingni menga yetkazdi, qo`lin tutqazdi,
    Sog`inchlardan bugun ko`z yoshlarim
    Yomg`irga aylandi, dardga boylandi.

    Men kuz fasliman, seni sog`ingan,
    Men kuz fasliman, senga talpingan.
    Lekin afsus, qismat ekan bizda,
    Diydorlashish hech nasib etmagan.

    Sen qayta rang bergan daraxtlarni,
    Nafasing tegib o`tgan yerlarni,
    Qattiq quchoqlasam, faryod ursam,
    Har safar xazonga aylanadi.

    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz.
    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Yonma-yon emas ekan bahor-kuz.

    [Mirjamol va Sitora Farmonova]
    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Yonma-yon emas ekan bahor-kuz.
    Ming bor afsus, ming bor afsus,
    Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz.