[Sitora Farmonova]
Ey sho`x yigit, ayt menga,
Soyam kabi yugurasan.
Soxta izhor aylab nega
Go`yo oshiq termulasan?
Sen meni orzu qilma,
Yor, yonimga kelma.

[Mirjamol]
Jismim soyadek ergashdi,
Taqdir yo`llari uchrashdi.
Shubhalaringni chetga sur,
Beg`uborim, men bilan yur.
Baxtlar sari eltay,
Senga jonim beray.

[Sitora Farmonova]
Erkam, erkala,
Yolg`on ishq so`zla,
Kelma baxt izlab.

[Mirjamol]
Baxtimsan baxtim,
Bo`lmagin dardim,
Kel muhabbatim.

Go`yo sevishimni yor, bilmaysan,
Hayotim mazmuni ham o`zingsan.
Rashk azobida qiynaysan nechun?
Qiynoqlaring yoqadi, sevging afsun.

Ko`zlaring qarolmas,
Nechun sevganin tan olmas?
Azobda qoldi jonim,
o`zing olib qochma, bas.

[Sitora Farmonova]
Erkam, erkala,
Yolg`on ishq so`zla,
Kelma baxt izlab.

[Mirjamol]
Baxtimsan baxtim,
Bo`lmagin dardim,
Kel muhabbatim.

[Sitora Farmonova]
Chin dildek yor, ishq-muhabbat
Tildamas, bo`lar ko`ngilda.
Sendek havaskor oshiqqa
Sevgi uyg`onmaydi dilda.
Chindan qalbing sevsa,
Sevgin, sabring yetsa.

[Mirjamol]
Go`yo sevishimni yor, bilmaysan,
Hayotim mazmuni ham o`zingsan.
Rashk azobida qiynaysan nechun?
Qiynoqlaring yoqadi, sevging afsun.

[Sitora Farmonova]
Muhabbat, qil shafqat…

[Sitora Farmonova]
Ey sho`x yigit, ayt menga,
Soyam kabi yugurasan.
Soxta izhor aylab nega
Go`yo oshiq termulasan?

[Mirjamol]
Baxtlar sari eltay,
Senga jonim beray.

[Sitora Farmonova]
Erkam, erkala,
Yolg`on ishq so`zla,
Kelma baxt izlab.

[Mirjamol]
Baxtimsan baxtim,
Bo`lmagin dardim,
Kel muhabbatim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxt izlab
Xonanda:
Mirjamol, Sitora Farmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2018