Mirjamol - Mening yuragim

Mirjamol

Mening yuragim

Dili g`ashdir, ezilar,
Kerakmasdek sezilar,
Faqat senga tikilar
Mening yuragim.

Faqat seni o`ylaydi,
Senga hamroh bo`lsaydi,
Dardlaringni olsaydi
Mening yuragim.

Ayt, ko`zlaring, yor,
Kimga intizor?
Kimni o`ylaysan
Tun bo`yi bedor? (x2)
Ayt dardingni, yor.

Sababini izlaydi,
O`zini ko`p qiynaydi,
Yana senda to`xtaydi
Mening yuragim.

Orzu qildi – yetolmadi,
Senda qolib ketolmadi,
Sevdi, lekin sevilmadi
Mening yuragim.

Ayt, ko`zlaring, yor,
Kimga intizor?
Kimni o`ylaysan
Tun bo`yi bedor? (x2)
Ayt dardingni, yor.

Ayt, ko`zlaring, yor,
Kimga intizor?
Kimni o`ylaysan
Tun bo`yi bedor? (x2)
Ayt dardingni, yor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening yuragim
Xonanda:
Mirjamol
Muallif:
Shahnoz
Bastakor:
Ravil Gimazutdinov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 4, 2016