Mirjamol - Ota-ona

Mirjamol

Ota-ona

Aylanadi kun va tun,
Aylanadi bu gardun,
Azaldan farzand baxtli
Ota-ona bor uchun.

Hayotning mag`zi mehnat,
Taqdir, turfa vaziyat,
Bolam deb, chekib zahmat,
Ular tortar aziyat.

Onajon, mehringiz bol,
Siz deya topdim kamol.
Erkaligim, sho`xligim
Sizga kelmaydi malol.

Otajon, ilk ustozim,
Siz-la baland parvozim.
Qadringizni chin bilib,
Dilda bisyor e’zozim.

Birlari bo`lib quyosh,
Birlari misoli oy,
Ota-ona bo`lib bizga bosh,
Umrimiz sochar chiroy.

Yashaymiz shod, baxtiyor,
Ortda qolib zahmatlar.
Ota-onamizga bor
Yurakda chin rahmatlar.

Onajon, mehringiz bol,
Siz deya topdim kamol.
Erkaligim, sho`xligim
Sizga kelmaydi malol.

Otajon, ilk ustozim,
Siz-la baland parvozim.
Qadringizni chin bilib,
Dilda bisyor e’zozim. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona
Xonanda:
Mirjamol
Muallif:
Bobur Bobomurod
Bastakor:
Jakhongir.uz
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 9, 2016