Mirjamol - O'zbekiston

Mirjamol

O’zbekiston

Madhing kuylar yoshlar sen uchun,
Mana to`ying muborak o`zbegim bugun.
O`sib-ulg`aydik shu zamin uzra,
Bor mehrim sen uchun, jannatim yurtim.

O`zbekiston – tan oldi jahon,
Faxrli diyorimsan, jannatmakon.
O`zbekiston, tinch bo`lgin har on,
Shuhrating oshirib etay namoyon, bearmon.

Osmon qadar yuksalgan o`zbegim,
Dunyo ichra tan bergan aziz yurtim.
Yuzlab ulug`lar ulg`aygan diyor,
Har sohada doim omad bo`lsin yor.

O`zbekiston – tan oldi jahon,
Faxrli diyorimsan, jannatmakon.
O`zbekiston, tinch bo`lgin har on,
Shuhrating oshirib etay namoyon, bearmon. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Mirjamol
Muallif:
Iroda Qurbonova
Bastakor:
Botir Aliev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2016