Mirjamol - Umidimni so'ndirma

Mirjamol

Umidimni so’ndirma

Faqat sen deya kunlarim o`tar,
Sen bilan bo`lsam, ozorim ketar.
Ismingni aytsam, qorong`u yurakka
Yorug`lik to`lar.

Umidim so`nmay boraman men,
Qalbimni senga yoraman men.
Yana qachongacha nozlanasan,
Nozlanasan sen?

Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Mening jamolimda kulgu-quvonch
Faqat sen deb bor.

Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Umr yo`llarida seni o`zim
Etay baxtiyor.

Savolni berdim o`zimga o`zim:
Sevarmu meni nurli yulduzim?
Aniq javobni ayni damda
Kelar tinglagim.

Umidim katta sening so`zingdan,
Uzoqlashtirma meni o`zingdan.
Mador olib yashayman doim,
Doim yorqin ko`zingdan.

Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Mening jamolimda kulgu-quvonch
Faqat sen deb bor.

Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Umr yo`llarida seni o`zim
Etay baxtiyor.

Umidimni so`ndirma bekor…

Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Mening jamolimda kulgu-quvonch
Faqat sen deb bor.
Umidimni so`ndirma bekor,
Yuragimga to`ldirma ozor.
Umr yo`llarida seni o`zim
Etay baxtiyor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umidimni so’ndirma
Xonanda:
Mirjamol
Muallif:
Timur
Bastakor:
Botir Aliev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 24, 2016