• Mirjamol - Yurak

    Mirjamol

    Yurak

    Uzugimga ko`z bo`laman,
    Degan yorim begona bo`ldi.
    Kulib o`zi rom ayladi,
    Holim zabun, devona bo`ldi.

    Vafodor deb yo`llarida
    Parvona bo`lgan edim, lekin adashdim.
    Aybdor oxir-oqibati o`zim,
    Yomon bo`ldi.

    Yurak sevgani sevgan,
    Sevib kuygani kuygan.
    Vafo izlama, yurak,
    Yorim bizni unutgan. (x2)

    Gapirmang mani do`stu
    Oshna-og`aynilar, o`zim tushundim.
    Bekor pok munosabatim xor qilib qo`ydim,
    Qizlarga ishonganni qachon baxti kulgan? {x2}

    Yurak sevgani sevgan,
    Sevib kuygani kuygan.
    Vafo izlama, yurak,
    Yorim bizni unutgan. (x2+x4)