Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!

Dunyoga keldik – bu ham omad,
Yetti muchamiz sog`-u salomat.
Bolam, deya suyundi onamiz,
“Bulbul”ingdan aylanay, – dedi dadamiz.

O`g`il bolamizda juda shunda,
Yoshlik o`tib ketdi bir zumda.
Solishib, tepishib, yeb kaltaklar –
O`g`il bola bo`lib tug`ilgan-da erkaklar.

Ranging oqmi, qora, malla –
Bo`lmagin rasvo, dabdala:
Aroq, qimor, ko`knor, nasha,
Zinodan qilgin andisha.
Qara, barobar emas bu besh qo`l,
Qo`ygan qadamingga hushyor bo`l!

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!

Pok bo`l, erkak, gardkam bu dunyo,
Omonat jon-tan, kim boy, kim gado.
Kasbing halollab topgin noningni,
Haromdan qoch, qiynama joningni.

“Yo pirim”, – degin, Xudo qo`llasin,
Qo`llasin, bandasin o`zi asrasin.
Tirikchilik, deysan, pul qo`lning kiri,
Qarz bo`lsang to`la qarz, erkakning eri.

Erkakmisan, olmagin qasd,
Mard bo`l endi, nomard emas!
Nohaqlik ko`p bu dunyoda,
Erkak bo`lish oson emas.

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!

Jufti halol yaxshi, bu ham omad,
O`g`il yo qiz – bu zo`r ne’mat.
Ot bosganni toy ham bosadi,
Qo`yniyam, echkiniyam o`z oyog`idan osadi!

“Bir boshga – bir o`lim” – yaxshi bilasan,
Otasan – bolaga javob berasan.
Hayot go`zaldir, ajoyib,
O`lim haqdir, bizlar mag`lub.

Oxir borar joy – qora yer,
Sherning o`ligini ham derlar sher.
Yana bitta erkakcha gap –
O`zingdan zo`rmi u, tan ber.

O`zingga, oilangga insof so`ra,
Uyalib qolishdan asrasin, jo`ra.
Ollohim, Tangrim, Rahim, Rahmonsan,
Kimni aziz yoki xor qilasan.
Qilgin rahm, qil mehr-shafqat,
O`zingdan o`zgasiga egiltirma faqat.

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar! (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erkak
Xonanda:
Mirzabek Xolmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 16, 2017