• Muhabbat Shamayeva - Ko'chalar

    Muhabbat Shamayeva

    Ko’chalar

    Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar,
    Buncha ham go’zalsiz qaydin, ko’chalar?
    Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo,
    Ko’ngillar sohibi, ayting, ko’chalar?
    Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

    To’ldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
    Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.
    Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo?
    Ko’nglimda beadad baxsh etgan farax.
    Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

    Yor boqmay o’tarmu yor jamoliga,
    Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
    Qayda u beparvo, qayda u barno?
    Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
    Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.

    Ko’chalar, ko’chalar, daryo ko’chalar,
    Daryoday yuragi, daryo ko’chalar.
    Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
    O-o-oy, jo-on, yoray.
    Bag’rimday betinim, toshqin va uyg’oq,
    Bag’rim sohibiday barno ko’chalar.
    Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar.