Muhammadjon Karimov – Ul qaro ko'z qo'shiq matni, lyrics

Muhammadjon Karimov

Ul qaro ko’z

Ul qaro ko`z ko`zlariga surma bejo tortadur,
Balki andin dahr eli ortuqcha g`avg`o tortadur.

Qoshlari ostida go`yo ikki fatton ko`zlari,
Ikki hindubachchadurkim, yondashib yo tortadur.

Telbalanmish zulfini savdosidin devonalar,
Qayg`a borsa o`lturib yerg`a, chalipo tortadur.

Jon ila ko`ngul taloshur, ey sanam, dardu g`aming,
Birni sol ko`nglumg`akim, jon birni tanho tortadur.

Kokulingdin bo`y olgan bog`ning tuprog`idur,
Bog`bon sotmoqqa doim mushku soro tortadur.

Ne bilur Yusufki, nozu husn ila mag`rurdur,
Ul qadarkim, ishq dardini Zulayxo tortadur.

Ishqni pinhon tutarg`a bo`lma shaydo, ey ko`ngul,
Mushk pinhon bo`lsa, bo`yi oshkora tortadur.

Charxi kajraftorning bir shevasidin dog`man,
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.

Sori`g` oltin kasrati ko`ngulni aylaydur qaro,
Chunki safro bo`lsa g`olib, o`zga savdo tortadur.

Bulhavaslar torta olmas, nozaninlar nozini,
Furqatiydek bekasu sho`rida, rasvo tortadur.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ul qaro ko’z
Xonanda:
Muhammadjon Karimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2017