Ko’zingni o’ynatma, kulma, qarama,
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bog’lab olarman, deb endi o’ylama,
Tortgan bu “oh”laring chin emas sening.

Bog’lab olarman, deb endi o’ylama,
Tortgan bu “oh”laring chin emas sening.

Ko’p kunlar sudrading tusmol yo’llarda,
Men ham tilsizlarcha ergashdim-ketdim.
Adashgan ekanman, bilsam, cho’llarda,
Mana endilikda tushunib yetdim.

Adashgan ekanman, bilsam, cho’llarda,
Mana endilikda tushunib yetdim.

Tushundim: bu totli xayollar – xayol,
Aldanmas bu yurak shirin so’zingga.
Kelma, ey aldamchi, kelmagin zinhor,
Termulish yo’q endi orsiz yuzingga.

Kelma, ey aldamchi, kelmagin zinhor,
Termulish yo’q endi orsiz yuzingga. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafoga
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 11, 2015