Muhriddin Xoliqov - Bir umr maftuningman qo'shiq matni, lyrics

Muhriddin Xoliqov

Bir umr maftuningman

Bir umr maftuningman,
Ishqingda tutquningman,
Laylisan – majnuningman. (x2)

Tunlar yonib ishqingda,
Ado bo`ldi bu yurak.
Sen sanamning ko`yida
Gado bo`ldi bu yurak.

Har dam xayolimdasan,
Har damda yodimdasan,
Devonadek talpindim
Og`ushlaringga, dildor. (x2)

Bir umr maftuningman,
Ishqingda tutquningman,
Laylisan – majnuningman. (x2)

Sen – sevgisan, qalbimni
Ishq o`tida yondirgan.
Sen – xayolsan, kechalar
Halovatda tondirgan.

Sen – orzusan, qo`lim yetmay
Umrim bo`yi intilgan.
Sen – azobsan, jonim,
Taqdirimga bitilgan.

Bir umr maftuningman,
Ishqingda tutquningman,
Laylisan – majnuningman. (x3)

Laylisan – majnuningman… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir umr maftuningman
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2017