Bu dunyo arzimas fido bo’lishga,
Bandasan, urinma Xudo bo’lishga! (x2)
Har neki taqdirdir – Allohdan bo’lar,
Shohmisan, tayyor tur gado bo’lishga! (x2)

Boylikka inonma, omonatdir u,
Baxt qushin kutmagil, hikoyatdir u.
Chinakam davlat-u obro’ istasang,
Sabru-toqat, mehnat, qanoatdir u.

Chinakam davlat-u obro’ istasang,
Sabru-toqat, mehnat, qanoatdir u.

Yor vasli jilvagar, o’tib ketadi,
Nafs yomon, hiylagar yutib ketadi. (x2)
Mard bo’lgin, mardlarga kuladi to’le,
Egilsang, bu zamon tepib ketadi. (x2)

Bu dunyo arzimas fido bo’lishga,
Bandasan, urinma Xudo bo’lishga!

Xudo bo’lishga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu dunyo
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 27, 2015