Muhriddin Xoliqov - Go'zalimsan

Muhriddin Xoliqov

Go’zalimsan

Oy ruxsor sevgilim, so’zlari shakarim,
Tilimdan tushmas hech kuyimsan, g’azalim.
Poyingga sochayin olamning gullarin,
Kel endi, intizor o’tmoqda kunlarim.
Go’zalimsan.

Go’zalimsan, asalimsan,
Dunyoda tengi yo’q sevgilimsan.

Qalbimning quyoshi, zar kokil sevgilim,
Sen bilan charog’on bu umrim, hayotim.
Sen ko’nglim erkasi, qalbimning bekasi,
Nozanin yorimsan, gullarning sarasi.
Go’zalimsan.

Go’zalimsan, asalimsan,
Dunyoda tengi yo’q sevgilimsan. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zalimsan
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2015