Oshig’i bo’libman go’zal sanamni,
Ko’zlari qora-yu qoshi qalamni.
Jilvalari shirin, nigohi shirin,
Gohida kuydirib, bermaydi sirin,
Erkasi bo’lurmu yolg’iz dilimni.

Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim.
Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim.

Daydi sabolarga yuzingni tutma,
Rashk o’tida yoqib, devona etma.
Qiynamagin mani, sohibjamolim,
Ziynatim o’zingsan, senda xayolim,
Labdagi bolingdan begona etma.

Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim.
Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim.

Go’zallar ichida izlaganimsan,
Bir donasan, ko’ngil bog’laganimsan. (x2)
Dildagi zorlarim yetarmu sanga,
Qachon lutf-u karam etarsan manga?
Quchog’imga kelgin-ey, tanlaganimsan.

Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim.
Noz aylama, nozli guloyim,
Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim. (x2)

Yonimda bo’lgin-a, yuzlari oyim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Guloyim
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2015