Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring ko’p ochmagil. (x2)
Jilva bilan boqishlaring jonim oldi, jon oldi,
Kulib kiprik qoqishlaring yuragimga o’t soldi.

Qizg’aldog’im, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x2)

Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring ko’p ochmagil. (x2)
Binafshadek sen billur, yaralgansan mehrdan,
Qo’shig’im sal kechikdi, ranjimagin Muhrdan.

Orzu-umid qizisan, sen oq bulut qizisan,
Komila qiz, Komila, jonimni yolg’izisan. (x2)

Qizg’aldog’im, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Komila qiz
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 27, 2015