Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.

Majnun o’zim, maftun o’zim,
Mamnun o’zim, mahzun o’zim.
Yer aylanur, ko’k aylanur,
Dunyo o’zim, gardun o’zim.

Yonimdasan, jonimdasan,
Poyingda parvonaman.

Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.

Sochingni o’ynasa xil-xil shamol,
Yuzingdan taratsa gul-gul jamol.
Hijronlar bor, yomonlar bor,
Vafosi yo’q, yolg’onlar bor.

Bizga ziyon yetmasmu deb,
O’ylonaman, o’rtonaman.

Seni Laylim, hajringda to’lg’onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O’zim bir bor qo’lingdan tutmay turib,
Yellar o’psa yuzingdan qizg’onaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Laylim
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2015