Parizodim – go’zal malagim,
Orzuimdek oppoq tilagim.
Bu olamda o’zing keragim,
Ko’ksimdagi uyg’oq yuragim. (x2)

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.

Quchoq ochsa bag’ri keng kunlar,
Sho’x nasimlar shodon shivirlar.
Yuragimda ochilib gullar,
Seni gul deb suysam Parizod.

Olam-olam bag’ishlab chiroy,
Yulduzlarga bo’lib erkatoy,
Samolarda sayr aylasa oy,
Seni oydek suysam Parizod.

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.

Muhabbatdan so’z ochgan chog’lar,
Go’zallikka burkansa bog’lar,
Poyimizga tiz cho’ksa tog’lar,
Seni tog’dek suysam Parizod.

Yodga olsa seni bahorlar,
Tarqalsalar dildan g’uborlar,
Atrof bo’lsa mudom bahorlar,
Seni shunday suysam Parizod.

Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod.
Go’zal malagim, oppoq tilagim,
O’zing keragim, Parizod, Parizod. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parizod
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2015