Sumbulajon-sumbula,
Sen mening holim so’ra, (x2)
Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula. (x2)

Uning ko’zi qarodir,
Mening bag’rim yarodir, (x2)
Aytolmayman dardimni,
G’urur yo’ldan urodir.
Dardimni, dardimni,
Dardimni aytolmayman.

Muhabbat yomon ekan,
Sayrovi hijron ekan, (x2)
Yonib-yonib yetganing
Dunyoyi armon ekan. (x2)

Sumbulajon-sumbula,
Jafokashga yo’q chora, (x2)
Endi Sanobaringga
Tangridan to’zim so’ra. (x2)

Sumbulajon-sumbula,
Sen mening holim so’ra, (x2)
Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sumbula
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015