Muhriddin Xoliqov - Yonimda qol

Muhriddin Xoliqov

Yonimda qol

Sanam sochingdan ham shaydolaring ko’p,
Oshiq-u adolaring ko’p.
Nimang ko’p ko’yingdan-a, gadolaring ko’p,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Bek yigit, bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoq-u zorman,
Men beun sevarman, men chin sevarman,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Sevmoq bu – gulxanda kuymoq degani,
Joningdan otashlar tuymoq degani,
Bir umr yoningda bo’lsaydim seni,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonimda qol
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2015