Muhriddin Xoliqov - Yor eshiging

Muhriddin Xoliqov

Yor eshiging

Yor, eshiging ochilmadi men uchun,
Ketar bo’ldim, yuzingni bir ko’rolmay.
Uyingdan joy topilmadi men uchun –
Ketar bo’ldim, o’zingni bir ko’rolmay.

Sevdim, desam, tenging bo’lak, dedilar,
Keldim, desam, joying yo’lak, dedilar,
Sening sevging kimga kerak, dedilar,
Ketar bo’ldim, yuzingni bir ko’rolmay.

Sening sevging kimga kerak, dedilar,
Ketar bo’ldim, o’zingni bir ko’rolmay.

Derlar: jon sog’ bo’lsa, jahon topilg’ay,
Parcha tuproq, parcha osmon topilg’ay,
Ammo qayda sendek janon topilg’ay,
Ketar bo’ldim, o’zingni bir so’rolmay.

Ammo qayda sendek janon topilg’ay,
Ketar bo’ldim, yoningga bir borolmay.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor eshiging
Xonanda:
Muhriddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 10, 2015