Munisa Rizayeva - Alamim bor qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

Alamim bor

Man bemorman, holi yomonman,
Man mehrga zor-intizorman.
Tinmadi nolam, yurakda alam,
Bedavoman, benavoman.

Dardi ko`zimda bo`lur namoyon,
Azob dilimda, etmadim bayon.
Insof o`zingga, tosh yuragingga,
Bir bor kulmadim xiyonatingdan buyon.

Bergan va’dang nahot va’da bo`lib qolmadimi?
Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
Alamim bor, alamim bor. (x2)

Tun, o`tar oy, bo`lmas nihoya,
Hol so`rab qo`y – bo`lar kifoya.
Dilimda nolam, topmadi malham,
Bedavoman, benavoman.

Dardni dilimga etarmi paydo,
O`zga insonga bo`lgani shaydo?
Insof o`zingga, tosh yuragingga,
Sevgan yurakni qilib bo`ldi-ku ado.

Bergan va’da nahot va’da bo`lib qolmadimi?
Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
Alamim bor, alamim bor. (x2+x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alamim bor
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 9, 2017