• Munisa Rizayeva - Ammo menmas

    Munisa Rizayeva

    Ammo menmas

    Kunim bir o`tar,
    Misoli bir qafasimda, jonim,
    Tashvishlarim yo`q,
    Xayollarim ketadi sen tomona, yorim.

    Yurasan beparvo, bema’no, besado,
    Jonim, mani qilding-ku sen ado.
    Kimni sen izlaysan, o`ylaysan, sevasan,
    Bu hayotingda bormi bir ma’no?

    Sen mening sevishim bilmaysan, jonim,
    Endi kimdir seni eslar,
    Ammo menmas, kimdir noz, zeb etar,
    Ammo menmas so`zlaringga ishonar,
    Ammo menmas, menmas, yo`q endi bas.

    Chapga, o`ngga qarayman, yo`q sen yo`qsan, jonim,
    Munis sen uchun emas, jonsiz bevafoyim.
    Harakatlaring behuda, seni o`ylamayman,
    Orzularimga yetdim man.
    Menga aytgin zorim, yana qancha yig`ilar nafrat?
    Yo`qlamagin, jonim, sen uchun bu o`yin zarurat.

    Yurasan beparvo, bema’no, besado,
    Jonim, mani qilding-ku sen ado.
    Kimni sen izlaysan, o`ylaysan, sevasan,
    Bu hayotingda bormi bir ma’no?

    Sen mening sevishim bilmaysan, jonim,
    Endi kimdir seni eslar… (let’s go)

    Ammo menmas, kimdir noz, zeb etar,
    Ammo menmas so`zlaringga ishonar,
    Ammo menmas, menmas, yo`q endi bas.

    Chapga, o`ngga qarayman, yo`q sen yo`qsan, jonim,
    Munis sen uchun emas, jonsiz bevafoyim.
    Harakatlaring behuda, seni o`ylamayman,
    Orzularimga yetdim man.