Munisa Rizaeva - Ko'zlarim yana

Munisa Rizayeva

Ko’zlarim yana

Ko’zlarim yana, yana, yana seni izlaydi,
Yuragim takror, takror, takror seni so’raydi,
Xayolimdasan, jonim, yurak sog’inar tinmay,
Atrofim zulmat bo’lar sensiz menga achinmay,
Menga achinmay.

Ko’zlarimga begona uyqu sensiz, jonginam,
Yuragimda betinim qayg’u bu ahvolimdan,
Yig’lar osmon to’xtamay aslo,
Ko’z yoshim yuvar go’yo,
Seni sevaman, seni tanho sensiz, jonginam.

Ko’zlarim yana, yana, yana seni izlaydi,
Yuragim takror, takror, takror seni so’raydi,
Xayolimdasan, jonim, yurak sog’inar tinmay,
Atrofim zulmat bo’lar sensiz menga achinmay,
Menga achinmay.

Kechalari yulduz sirdoshim bo’lar dardimga,
Sensizlikka yetmas bardoshim, ishon so’zimga,
Sevishimni aytsinlar takror, tunlarim o’tgan bedor,
Dardlarim eshitgan yulduzlar sensiz, jonginam.

Ko’zlarim yana, yana, yana seni izlaydi,
Yuragim takror, takror, takror seni so’raydi,
Xayolimdasan, jonim, yurak sog’inar tinmay,
Atrofim zulmat bo’lar sensiz menga achinmay,
Menga achinmay. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlarim yana
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 24, 2014