• [Shahzod Murodov]
    Hey, o’jarsan-ey, o’jarsan,
    Aslo gapga kirmaysan.
    Likir-likir qilaverma,
    Shaddodliging qo’ymaysan.

    [Munisa Rizayeva]
    Borim axir shu mani, ey,
    Sho’xligim bor mani.
    Shuncha oshiqlar ichida
    Voy, tanlagan edim sani.

    [Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    [Munisa Rizayeva]
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.

    [Shahzod Murodov]
    Soddaroq bo’laver, jon,
    Yurishlaring ko’p yomon.
    Qancha gapirsam ham, lek
    Foydasi yo’q begumon.

    [Munisa Rizayeva]
    Bo’ldi-bo’ldi yetadi, (yo’g’e?)
    Boshim og’rib ketadi. (yo’g’e?)
    Chapga, o’ngga likir-likir,
    Yoshlik o’tib ketadi.

    [Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    [Munisa Rizayeva]
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.

    (Hay yar-a, hay yar-a, vohay-vohay, hay yar-a,
    Likir-likir qilaverma… (x2))

    [Shahzod Murodov]
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    [Munisa Rizayeva]
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.
    [Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    [Munisa Rizayeva]
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.

    [Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.
    Qiynama, dardimga dardlar qo’shmagin,
    [Munisa Rizayeva]
    Xo’p demay, ko’p demay haddan oshmagin.