Quvonchim bu dunyoda, ishonchim bu dunyoda,
Sababkorim, tanda jonim, onajonim, otajonim.
Tayanchim bu dunyoda, suyanchim bu dunyoda,
Sizlar bor yo’q armonim, onajonim, otajonim.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, nurli peshonam.

Yaratgandan in’om taxtim, fayzli koshonam.

Bir lahza tinmadingiz meni deb, meni deb,
Charchoqni bilmadingiz meni deb, meni deb.
Daryodek keng qalbingiz men uchun, men uchun,
Tog’larga teng mehringiz men uchun, men uchun.

Siz bilan mangu obodman, mehribon onam,
Siz bilan mag’rurman, shodman, har qachon otam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, nurli peshonam.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, fayzli koshonam.

Boshimda parvona, dard kelsa mardona,
Men uchun bir olam onajon,
Siz cheksiz imkonim, siz tiniq osmonim,
Siz mening tinch onim otajon.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in’om taxtim, fayzli koshonam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 5, 2014