• Qorlar yog`adi, ayamaydi,
    Ko`zga tomadi, bilinmaydi,
    Sensiz sezmayman.
    Izg`irin sovuq yuragimda,
    Ma’no qolmadi hayotimda,
    Sensiz yasholmayman.

    Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
    Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
    Qay tomon shamollar uchiradi uni
    Mendan? (x2)

    Qorlar yog`adi, eslatadi,
    Go`yoki qalbim muzlatadi,
    Issiqlik sezmayman.
    Mehring endi hech isitmaydi,
    Muzlagan tuyg`u chorlamaydi,
    Sensizlik, ko`nmayman.

    Sevgi, bunchalar qiynaysan meni,
    Aytaqol, qaylardan izlay men uni,
    Qay tomon shamollar uchiradi uni
    Mendan? (x2)