• Munisa Rizayeva - Yomg'ir qo'shiq matni, lyrics

    Munisa Rizayeva

    Yomg’ir

    Yomg`ir yog`ib, ko`l bo`ldi, yorim,
    Sog`inch to`lib, yil bo`ldi, zolim.
    Tunlar yonib, og`ridi jonim,
    Mening qalbim zor bo`ldi, borim.

    Yuzlarim, kipriklarda, sochlarimda qor,
    Sensiz hayotimga kelmaydi bahor.
    Dardlarim yashirib, chekkanimda ozor,
    Sen qaytmasang, kutganim bekor.

    Yomg`ir yog`ib, ko`l bo`ldi, yorim,
    Sog`inch to`lib, yil bo`ldi, zolim.
    Tunlar yonib, og`ridi jonim,
    Mening qalbim zor bo`ldi, borim.

    Tomchi bo`lib to`kildi yoshim pinhona,
    Kelib, bo`larmisan menga parvona?
    Kutdirib yo`llaringda meni mastona,
    Ishqimiz sevgi olamida afsona.

    Yomg`ir yog`ib, ko`l bo`ldi, yorim,
    Sog`inch to`lib, yil bo`ldi, zolim.
    Tunlar yonib, og`ridi jonim,
    Mening qalbim zor bo`ldi, borim. (x2+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.