Moviy samoda, cheksiz dunyoda
Tanlaganimsan, to’gri ma’noda.
Ko’zlaring bilan so’zlagin shundan –
Kerakmanmi, ayt, senga men chindan?

Bemorman, ozorman, yo’llaringga humorman,
Nega kelmaysan, nega bilmaysan?

Seningsiz cheksamda ozor,
Sog’inchimni etmayman oshkor.
Mana shundayin odatlarim bor,
Ko’nikishga majbur bo’lasan sen oxiri (x2)
Zor-zor.

Odatlarim bor…

Yana necha bor berasan ozor?
So’zlaring sehri aylar beqaror.
Lahzalar sensiz tengdir yillarga,
Qachon ko’masan meni gullarga?

Bemorman, ozorman, yo’llaringga humorman,
Nega kelmaysan, nega bilmaysan?

Seningsiz cheksamda ozor,
Sog’inchimni etmayman oshkor.
Mana shundayin odatlarim bor,
Ko’nikishga majbur bo’lasan sen oxiri (x2)
Zor-zor.

Nega kelmaysan, nega sen bilmaysan?

Bemorman, ozorman, yo’llaringga humorman,
Nega kelmaysan, nega bilmaysan?

Seningsiz cheksamda ozor,
Sog’inchimni etmayman oshkor.
Mana shundayin odatlarim bor,
Ko’nikishga majbur bo’lasan sen oxiri zor-zor.

Odatlarim bor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zor zor
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2016