Munojot Yo'lchieva - Kecha kelgumdir debon

Munojot Yo'lchieva

Kecha kelgumdur debon

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, oni ko’rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim, avval qadam ma’shuqi o’tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla hurram et ko’ngling uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kecha kelgumdur debon
Xonanda:
Munojot Yo'lchieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 10, 2013