• Otam, onam mening baxtim,
    Siz davlatim, toju-taxtim.
    To tirikman bu hayotda,
    Sizga xizmat qilmoq ahdim.

    Davlatsiz menga o`zingiz,
    Bajaray har bir so`zingiz.
    Sizga loyiq farzand bo`lib,
    Qilmayman qaro yuzingiz.

    Sizga loyiq farzand bo`lib,
    Qilmayman qaro yuzingiz.

    Otam-onam omon bo`lsa,
    Tinch, osuda zamon bo`lsa,
    Har bir ishga imkon bo`lsa,
    Shu davlatim, shudir baxtim. (x2)

    Baxt o`zi nima desalar,
    Mol-dunyo, der nodon kishi.
    Unutma, bil, ularning
    O`zidan ortmas tashvishi.

    Boyliging – hayotda boring,
    Qo`lingda bo`lsa kasb-koring.
    Qancha shon-shuhrat topsang ham,
    Yo`qotma nomus-u oring.

    Qancha shon-shuhrat topsang ham,
    Yo`qotma nomus-u oring.

    Tun – oy, kun – quyoshim bo`lsa,
    Halol nonu-oshim bo`lsa,
    Xalqparvar yurtboshim bo`lsa,
    Shu davlatim, shudir baxtim. (x2)

    Otam-onam omon bo`lsa,
    Tinch, osuda zamon bo`lsa,
    Har bir ishga imkon bo`lsa,
    Shu davlatim, shudir baxtim.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.