• Chanqovuz chaling momo,
    Men do’mbiram chalayin.
    Buvamni bir o’ynating,
    Men ko’rib quvonayin.

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.
    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.

    E, polvon buvam kurashib,
    Nonni halol topdingiz.
    Oru nomus talashib,
    Ko’pkarilar chopdingiz.

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.
    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.

    Qirchillama jigitday
    Savlatingiz, bo’yingiz.
    Buva sho’x-sho’x o’ynang-a,
    Bugun sizning to’yingiz.

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.
    Buvajon, buvajon,
    Ey, bo’sh kelmang buvajon.

    So’zimga quloq soling,
    Davrani kengroq oling.
    Ey, buvamning o’yinini
    Ko’rib-a qoyil qoling.

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.
    Buvajon, buvajon,
    Ey, bo’sh kelmang buvajon.

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon…

    Buvajon, buvajon,
    O’ynang, o’ynang buvajon.
    Buvajon, buvajon,
    Ey, bo’sh kelmang buvajon. (x2)