Mustafo - Laylo

Mustafo

Laylo

Qaydan topay senday Layloni?
Sahrolarda harchand yig’lasam. (x2)
Aytgin axir, jonim, maylimi,
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)
Nigohingda bir bor uxlasam?

Sog’inaman vaslingni xumor,
Shod kimsaga koshki o’xshasam? (x2)
Tongi otmas kechada bedor
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)

Hayot poyga, shomu ertalab
Iloj topib qani to’xtasam. (x2)
Sevib-sevib seni erkalab,
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam? (x2)

Qaydan topay senday Layloni…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Laylo
Xonanda:
Mustafo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2015