• Mustafo - Ummon zulmati

    Mustafo

    Ummon zulmati

    Ummon zulmati va yorug` yulduzlar
    Yog`dularin mavjli oqimi – dunyo. (x2)
    Faqat u abadiy, faqat u oniy,
    Iloh qo`llari-la bo`lganmi bunyod? (x2)

    Kelish-ketishimiz uning izmida,
    Taqdir bitigini anglamoq qiyin.
    Idrokimiz ojiz, ilmda yetmas,
    U qayerda, qanday yozgan hammasin? (x2)

    Har nafasim menga cheksiz inoyat,
    Cheksiz shodlik berar har bitta qadam. (x2)
    Minnatdorlik ila qabul qilaman
    Hayotning tortig`u zarbasini ham. (x2)

    Kelish-ketishimiz uning izmida,
    Taqdir bitigini anglamoq qiyin.
    Idrokimiz ojiz, ilmda yetmas,
    U qayerda, qanday yozgan hammasin? (x2)