• Olmalarga o’xshataman yuzingni,
    Charoslarga o’xshataman ko’zingni. (x2)
    Jonim, lablaringni qip-qizil gilos,
    Novvotlarga o’xshataman so’zingni. (x2)

    Yo’qdir mani o’zga yor bilan ishim,
    O’zingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)

    Yo’qdir yer yuzinda husning qiyosi,
    Janonlar ishvasining qoshi-yosi. (x2)
    Malak erur Ovro’pa-Osiyosi,
    Ammo yo’q mendan o’tgan mahliyosi. (x2)

    Yo’qdir mani o’zga yor bilan ishim,
    O’zingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)

    Boqqa kirsang, tovuslar lol qolurlar,
    Hirom etib, sunbullar lol qolurlar.
    Gullar bari uyalib-o qolurlar,
    Bulbullar sayrashib, xushhol qolurlar.

    Gullar bari uyalib-o qolurlar,
    Bulbullar sayrashib, xushhol qolurlar.

    Yo’qdir mani o’zga yor bilan ishim,
    O’zingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)

    Ko’nglim olgan anorimsan, yorimsan,
    Bog’larda anjirim, shox suvorimsan. (x2)
    Bir dona uzuksan, dilda borimsan,
    Jafo qilma, san kerakli yorimsan. (x2)

    Oshiq Erkin, budur chin farmoyishim,
    O’zingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)

    O’zingdirsan mani tillo kishmishim… (x2)